TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Artel Kitchen
Artel Kitchen avatar

TGINSIGHT POST

Post #313

@artel_kitchen

Artel Kitchen

Ansichten702Anzahl der Ansichten
Gepostet18. Apr.18.04.2023, 06:45
Beitragsinhalt

Inhalt

Siz soʻradingiz, biz bajardik 😎, storislardagi ovoz berish natijalariga koʻra o‘ziga xos taom — noʻxat shoʻrakni tanlab oldik. Siz bilan ushbu ajoyib retseptni baham koʻramiz! ‼️ Masalliqlarni karusel orqali koʻrishingiz mumkin. Biz esa uni tayyorlash jarayoni haqida gaplashamiz: • Noʻxatni xona haroratidagi suvga ivitib, 8-12 soatga yoki bir kechaga qoldiring. Bu vaqtda noʻxat yumshab, yaxshigina ishadi; • Goʻshtni boʻlaklarga boʻling; • Chovliga solib, ortiqcha suvlarni oqizib tashlang, keyin toza suv bilan yaxshilab chayib oling. Noʻxatni qozonga soling, ustiga goʻsht boʻlaklarini qoʻying. Masalliqlar ustidan 2,5 litr suv quying. Qaynab chiqqach, yuzasida hosil boʻlgan koʻpiklarni olib tashlang, shunda shoʻrvasi shaffof boʻladi. Bir soat qaynaganidan soʻng, qozonga bir bosh piyozni poʻstidan tozalab, butunligicha soling. Qopqogʻini yopib, 3-5 soat davomida past olovda qaynating; • 3 soatdan keyin tuz, murch va zira soling; • Noʻxat juda yumshoq, goʻshtlari esa xil-xil boʻlib, suyaklaridan ajrala boshlagungacha qaynatish kerak. Yoqimli ishtaha 😋! 💰 Agar siz hali Instagram sahifamizda boʻlib oʻtayotgan katta Challengeʼda ishtirok etmagan boʻlsangiz, hozir buni amalga oshirish va Artel firma doʻkonlaridan maishiy texnika xarid qilish uchun 10 000 000 soʻmlik sertifikat yutib olishning ayni vaqti. Читать на русском