TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Artel Kitchen
Artel Kitchen avatar

TGINSIGHT POST

Post #329

@artel_kitchen

Artel Kitchen

Ansichten2,940Anzahl der Ansichten
Gepostet26. Apr.26.04.2023, 13:09
Beitragsinhalt

Inhalt

😍 Siz storislarimizda tanlovingizni bildirishda davom eting, biz esa, o‘z navbatida, yaqinlaringizni xursand qilishingiz uchun qiziqarli va mazali retseptlarni joylashtirib boraveramiz. Bugun biz gruzin oshxonasining durdona asarlaridan biri – Chkmeruli tayyorlaymiz. 🐓 Tovuqni gruzincha usulda tayyorlash uchun ikkita uzunasiga kesilgan bo‘lakni o‘rtasidan yana ikkiga bo‘ling, shunda sizda to‘rtta teng qism hosil bo‘ladi. Har bir bo‘lakni urib chiqib, ustidan o‘simlik yogʻi surting, keyin hamma tomonidan tuz va qalampir seping. Tayyorlab olingan tovuqni ushbu marinadda bir soat davomida muzlatgichda qoldiring. 🧄 Qayla uchun kashnich va sarimsoqni mayda qilib toʻgʻrang, unga qaymoq, yanchilgan koriandr, xmeli- suneli ziravori, murch va tuz qo‘shing. 🥘 Tovuq bo‘laklarini qizdirilgan quruq tovada usti qizarib, qisir-qisir bo‘lgunicha qovuring. Shundan so‘ng, maxsus idishga solib, ustidan qaymoqli sousni quyib chiqing. 180°—190° gacha qizdirilgan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib oling. 🤤 Chkmeruli qaynoq lavash va o‘ziga xos betakror ta’m vaʼdasi bilan dasturxonga tortiladi. Obuna bo‘ling. Postni saqlab olib, do‘stlaringizga ham ulashing. Taomlaringizni Artel Kitchen bilan birga tayyorlang! — 😍 Сегодня готовим шедевр грузинской кухни — чкмерули. 🐓 Для приготовления используем две продольные половины, которые делим пополам, чтобы получить четыре равные части. Каждую обмазываем растительным маслом, приправляем солью и перцем. Убираем в холодильник на час. 🧄 Для соуса мелко шинкуем кинзу и чеснок, смешиваем со сливками, добавляем измельчённые зерна кориандра, хмели-сунели, перец и соль. 🥘 На разогретой сухой сковороде обжариваем куски курицы до румянной корочки. Перекладываем в форму для выпечки, заливаем сливочным соусом и ставим в разогретую до 180°-190° духовку на 20-25 минут. 🤤 Чкмерули подаётся горячим с лавашем и обещанием неповторимого гастрономического удовольствия. Подписывайтесь, сохраняйте публикацию, делитесь с друзьями и готовьте вместе с Artel Kitchen!