TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Artel Kitchen
Artel Kitchen avatar

TGINSIGHT POST

Post #333

@artel_kitchen

Artel Kitchen

Ansichten2,910Anzahl der Ansichten
Gepostet1. Mai01.05.2023, 07:30
Beitragsinhalt

Inhalt

Storiesʼda eng koʻp ovoz toʻplagan taom — gruzin xarcho shoʻrvasi. Bugun biz uni tayyorlaymiz. 600 gramm mol goʻshti toʻshini mayda boʻlaklarga boʻlib, suv qaynab turgan qozonga solamiz. Shu qozonga bir bosh piyoz yarimini, sabzining 4 dan bir qismini solamiz va qopqogʻini yopib, bulyonni qaynatamiz. Koʻpiklarni olib tashlab, maydalangan murch sepamiz. Shundan soʻng, haroratni oshirgan holatda goʻshtni qaynatishni davom ettiramiz. Yaxshi yuvilgan guruchni 30 daqiqaga ivitib qoʻyamiz. Chuqur tovaga 4 qoʻshiq oʻsimlik yogʻini quyamiz. 2 bosh piyozni yarim dumaloq shaklda kesamiz va biroz qizarguncha qovurib olamiz. Piyozga bir oz qovurilgan 100 gramm yongʻoq, yarim choy qoshiq koriandr, bir choy qoshiq xmeli-suneli, 70 gramm tkemali qaylasi va bir choy qoshiqdan ikki turdagi adjikani solamiz. Barcha qoʻshilgan masalliqlarni tovada yaxshilab aralashtiramiz va aralashmani taxminan 4 daqiqa qaynatamiz. Keyin tovaga 2 osh qoshiq tomat pastasini va 2 choʻmich qaynab turgan bulyonimizdan qoʻshamiz. Yaxshilab aralashtirib, yana 2 daqiqaga dimlab qoʻyamiz. Qirq daqiqadan soʻng, piyoz va sabzini idishdan olamiz va ivitilgan guruchni qoʻshamiz. Qopqogʻi yopilgan holatda 10 daqiqa davomida qaynatamiz. 10 daqiqadan soʻng taʼbga koʻra tuz qoʻshamiz. Tovada tayyorlangan aralashmamizni idishga solamiz va aralashtiramiz. Shoʻrvani qaynatib olamiz va olovni pasaytirib, 2 dona dafna bargi va 2 osh qoshiq quritilgan koʻkat qoʻshamiz. Xarcho shoʻrvasi tayyor. Dasturxonga tortishdan oldin taomimizga koʻkat sepib qoʻyishimiz mumkin. Obuna boʻling, postni saqlab oling, doʻstlaringizga joʻnating va Artel Kitchen bilan birga tayyorlang! Читать на русском