Inhalt
Sevimli rezavor mevangizdan uzoq vaqt davomida lazzatlanish uchun uni qanday muzlatish kerak? Artel Kitchen buning 5 ta sinalgan usulini taklif etadi 🍓: 1. Quruq muzlatish. Quruq muzlatish jarayonida rezavorlar oʻz shaklini toʻlaqonli saqlab qoladi. Muzlatishdan oldin rezavorlar yuvilishi, quritilishi va oziq-ovqat plyonkasida bir-biridan bir oz masofada joylashtirilishi kerak. Keyin muzlatgichga 2 soatga qoʻying. Muzlagan mevalarni xaltalarga solib, muzlatgichda saqlashingiz mumkin. 2. Yarim boʻlakka boʻlib muzlatish. Birinchi usulga amal qilgan holda qulupnayning yarmini kesilgan tomonini yuqoriga qilib oziq-ovqat plyonkasiga terib chiqing. 3. Shakarli qulupnay. Quruq va toza mevalarni oziq-ovqat idishiga solib, ustidan shakar seping (1 kg rezavorlar uchun 200 gr shakar), idishni qopqoq bilan yopib, muzlatgichga qoʻying. 4. Qulupnay pyuresi. Agar mevalar juda katta, suvli yoki biroz ezilgan boʻlsa, ularni pyure shakliga keltirish yaxshiroq. Muzlatish uchun yuvilgan va bandlaridan tozalangan qulupnaylarni Blenderning katta idishiga soling, shakar qoʻshing (1 kg qulupnayga 300 gr), bir xil massa boʻlgunicha maydalang. Pyureni oziq-ovqat plyonkasi yoyilgan quruq silikon qoliplarga solib chiqing. 3-4 soat muzlaganidan soʻng, tayyor boʻlgan mahsulotni qoliplardan olib, uzoq muddatga saqlash uchun polietilen xalta yoki qopqoqli konteynerlarga joylashtiring. 5. Muzdagi qulupnay. Muz uchun maxsus konteyner kerak boʻladi. Kichik butun yoki ikkiga boʻlingan qulupnaylarni katakchalar ichiga joylashtiring. Ustidan qaynatib sovitilgan suv quying, shundan soʻng, 5-8 soat davomida muzlatgichning maxsus boʻlimida qoldiring. 👩🍳Obuna boʻling. Postni saqlab olib, doʻstlaringizga ham ulashing. Taomlaringizni Artel Kitchen bilan birga tayyorlang! Читать на русском