Inhalt
Tetiklantiruvchi, muzdekkina va albatta mazali okroshka shinavandalarini tabriklaymiz! Sevimli taom mavsumiga ham yetib keldik. Bugun barcha sevib iste’mol qiladigan okroshkani mineral suv va kefirda tayyorlaymiz. Kartoshkani posti bilan qaynatib olamiz, sovugach esa po‘stidan tozalaymiz. Kubik shaklida to‘g‘rab olib, katta kosaga yoki kastryulga solamiz. Qaynatilgan kolbasani ham kubik shaklida to‘g‘rab, kartoshkaga qo‘shamiz. Bodringlarning yarmini mayda kubik shaklida to‘g‘rab, qolgan qismini va rediskalarni qirg‘ichdan o‘tkazib olamiz. Barcha mahsulotlarni kastryulga solamiz. Ukrop va ko‘k piyozni mayda to‘g‘rab, qolgan ko‘katlarga tuz sepib, ko‘k piyoz va ukropning suvi chiqishi uchun qo‘lda biroz ezib olamiz. Ko‘katni va qaynatib to‘g‘ralgan tuxumni kosadagi sabzavotlarga qo‘shamiz. Mahsulotlarni yaxshilab aralashtirib olamiz. Ta’bga ko‘ra tuz va barra-maydalangan qalampir qo‘shamiz. Oxirida muzdek gazli suv va kefirni aralashtirib olib, okroshkaga solamiz. Keyin esa barcha mahsulotlarni yana bir marta yaxshilab aralashtirib olamiz. Taomga tuz yoki qalampir qo‘shishingiz mumkin. Oʻta nordonni sevuvchilar limon sharbati yoki biroz sirka qo‘shishlari mumkin. Yozning jazirama kunida eng munosib tanlov. Ta’tib ko‘ring va bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz. 👩🏻🍳 Bizga obuna bo‘ling, mazkur e’lonni saqlab qo‘ying, do‘stlaringiz bilan ulashing va albatta Artel Kitchen bilan birga tayyorlang! Читать на русском