TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Artel Kitchen
Artel Kitchen avatar

TGINSIGHT POST

Post #376

@artel_kitchen

Artel Kitchen

Ansichten414Anzahl der Ansichten
Gepostet24. Mai24.05.2023, 14:24
Beitragsinhalt

Inhalt

Aziz bekajonlar! Eng qiziqarli Artel Kitchen pazandachilik sahifasi sizga pazandachilik asarlarini yaratishni osonlashtiradigan foydali maslahatlar berishda davom etmoqda. Bugun sizga ekspress-rejimda pishirish uchun 3 ta layfhak taklif etamiz. 🧀 Pishloqni qirg'ichdan o'tkazishning oson yo'li? Pishloqni oziq-ovqat ylyonkasiga oʻrab, muzlatgichga 20-30 daqiqaga qoʻyish kerak. Sovutilgan pishloq ancha oson maydalanadi, bir-biriga yopishib qolmaydi va likopcha ustiga ham yopishib qolmaydi. 🍋 Sitrus mevalaridan ko'proq sharbatni siqib olish yo'li. Birinchidan, mevani qoʻlingiz bilan ezing, stol yuzasida aylantiring. Shundan soʻng, mevani mikrotoʻlqinli pechga qoʻyishingiz va maksimal quvvatda 5-10 soniya davomida isitishingiz kerak. Endi siz mevaning bir tomchisini ham yoʻqotmasdan butun sharbatini siqib olishingiz mumkin. 🍪 Uy pechenyelarining yumshoq va kumir-kumir holatini saqlash yo'li. Pechenyelarni bir necha kun yumshoq saqlash uchun ularni olma boʻlagi kesib qo'yilgan idishda yopiq holda saqlang. 🥳Xonimlar, sizga eslatib oʻtamizki, Artel maishiy texnikasi suvrin sifatida qo'yilgan oʻyin qizgʻin pallada, u bir vaqtning oʻzida Facebook, Instagram va Telegram sahifalarimizda boʻlib oʻtmoqda. Eng faol ishtirokchilar qimmatbaho sovgʻalarni olishlari mumkin, shuning uchun ishtirok etishga shoshiling! 👩🏻‍🍳 Obuna boʻling, postni saqlang, doʻstlaringiz bilan ulashing va taomlaringizni Artel Kitchen bilan birga tayyorlang! Читать на русском