TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
Bizda haqiqiy maʼnoda stand-up😅 Oldin kunlik stand-up ertalab soat 10:45 da oʻtkazilar edi. Lekin buning bir qancha minus taraflari bor. Ulardan biri, misol uchun, kunning birinchi qismida fokus bilan uzoq ishlash qiyin. Sababi daily'ga kirish kerak degan hayol 10:45 gacha ishlashga qoʻymaydi, undan keyin tushlikkacha kam vaqt qoladi. Keyin stand-up'ni kunning oxiriga, 17:45 ga koʻchirishni taklif qildim. Bu sprint shunday ishlaymiz va retroda hamma oʻz fikrini bildiradi. Siz nima deb oʻylaysiz, stand-up'ni kunning birinchi yarmida qilgan yaxshimi yoki kun yakunida? @it_suhbat