TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #1091

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten988Anzahl der Ansichten
Gepostet12. März12.03.2025, 08:17
Beitragsinhalt

Inhalt

Ma'lumot uchun, switch statement va switch expression boshqa-boshqa tushunchalar. Switch expression bu — JEP 361 orqali kiritilgan, qiymat produce qila oladigan ifoda. Bu kodning o'qilishini yanada yaxshilaydi. Switch expressionda biz uchun yangi bo'lgan yield operatori ham qo'shilgan bo'lib, uning vazifasi switchdagi case'da hosil qilinayotgan qiymatni qaytarish. Qiymat qaytarish uchun odatda return kalit so'zi ishlatiladi, lekin bu operator metod yoki switch natijasini qaytarayotganligida dasturchida ikkilanish tug'dirmasligi uchun yield kalit so'zi bilan almashtirilgan. case natijasi sifatida return ishlatish xato hisoblanadi. Yana bir ma'lumot, switch statementga berilayotgan o'zgaruvchi selector variable deyiladi va faqatgina quyidagi ma'lumot turlarini qabul qiladi: — byte, short, int, char — Byte, Short, Integer, Character — enum ma'lumot turlari — String(Java SE 7 dan boshlab) long, double, float, boolean primitiv turlarini qabul qilmaydi. @it_suhbat