TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
#reactive Aytaylik, bizda shunday holat bor. callAccount metodidan qaytadigan Flux obyektlar ketma-ketligining 50 ta elementini olib, shundan yasalgan javobni qaytaradigan kod yozilgan. Lekin bu yerda ko'z ilg'amas xatolik bor. Flux ning then metodi, to'g'ri, flux tugab olishini kutadi. Flux tugaganda esa histories obyekti elementlar bilan to'ladi. Ammo biz qaytarayotgan GetHistoryResponseDto obyektining hosil qilinishi flux tugashini kutib turmaydi, u histories bo'shligi paytida javob obyektini hosil qilib qo'yadi va flux tugaganidan keyin shu obyektni qaytarib yuboradi. Natijada esa sizga javob ichida bo'sh content qaytaveradi.