TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #1128

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten1,060Anzahl der Ansichten
Gepostet19. Juni19.06.2025, 12:50
Beitragsinhalt

Inhalt

Bugun bir ajoyib (15 daqiqalik) intervyu bo'ldi. Senior Java Developer bilan. Suhbat boshlandi, suhbatni o'zbek tilida olib borish mumkinligi haqida aytildi(intervyu topshirayotgan bola o'zbek, rezyumega o'zbekchani ona tilim deb yozgan). Men ruschada gapiraman deb davom etdi. Boshida o'zining kuchli tajribasi haqida batafsil gapirib berdi. Texnik suhbat boshlandi. JVM haqida savol berildi, ichigacha kirib, GC va uning algoritmlari haqida, oxirgi versiyalardagi o'zgarishlar haqida gapirib berdi. Bilimi ancha zo'r ekan deb, men ham savol berishni boshladim: — Stack va heapdan boshqa qanday xotira turlarini bilasiz? Javob aylantirma va heapdagi string pool haqida bo'ldi. Men: — Native method stack, PC Register va method area kabi xotira turlari ham bor, shularni eshitganmisiz? Nomzod: — Ha, eshitganman, class ma'lumotlari jadval ko'rinishida saqlanadi. Men: — Native metodlar bor, birorta shunday metodni ishlatib ko'rganmisiz? Nomzod: — Buyog'i endi bytecode ga o'tib ketadi. Men: — Misol uchun Pythonda yozilgan kod bor, shuni javada ishlatmoqchisiz. Qanday qilib qilish mumkin? Nomzod: — Ha, qilsa bo'ladi, lekin bu nima uchun kerak? O'zbekistonda hech kim bunday narsani ishlatmaydi. Men bank tizimlarini qanday ishlashini bilaman, biz Xda bunday narsa ishlatmaymiz, sizlar Apexbankda shunaqa ishlatasizlarmi? (jaxl ohangida) Men: — Yo'q, bu shunchaki java haqidagi bilimlarni tekshirish uchun intervyu, Apexbankda nima ishlatilishi haqida emas. Nomzod: — Nega bunday savollar so'rayapsiz, men bank tizimini yaxshi bilaman, ishlatilmaydigan narsa haqida nimaga so'rayapsiz? Ikkinchi suhbatchi: — Bu yerda faqat bilimlarni tekshiryapmiz xolos, bilaman yoki bilmayman desangiz kifoya! Nomzod: — Kerakmas narsani so'rayapsizlar, agar shunday vaziyat bo'lganda ham mikroservis yozar edim (ancha qizishib ketgan) Men: — O'zbekistonda kim Garbage Collectorni algoritmlari, sozlamalarini o'zgartirib ishlatadi? U haqida javob berdingizku ichigacha kirib. Bu yerda Java dasturlash tili bo'yicha intervyu bo'lyapti. Bizga nomzod nimalarni biladi, shu qiziq. Agressiv javob beryapsiz. Bir-birimizni hurmat qilib, chiroyli intervyu o'tkazaylik. Men gapirayotganimda gapimni bo'lib tashladingiz. Siz gapirsangiz oxirigacha eshitib turibmiz. Bir-birimizni eshitaylik. Nomzod gapim oxiriga yetmasdan suhbatdan chiqib ketdi. Bu holat sizda qanday taassurot qoldirdi? Qanday munosabatdasiz? Intervyuda, ayniqsa Senior darajasi uchun, faqatgina intervyu topshiradigan odam biladigan narsalardan so'rash kerakmi? Sizdan shunday savol so'ralsa qanday reaksiya qilasiz? Suhbat tilini ish beruvchi tanlaydimi, agar ha bo'lsa, nega o'zbeklar o'zbekchada intervyu olisholmaydi? Agar nomzod tanlasa, nega shahardagi o'nlab kompaniyalar rus tilini bilmasa yaqiniga ham yo'latmaydi? @it_suhbat