Inhalt
Scaling Yuqori yuklamalarga chidamlilikni oshirish uchun 2 xil uslub bor: 1. Kattalashtirish — scaling up yoki vertical scaling. Bu uslubda qurilmalar kuchaytiriladi, qo'shimcha resurs qo'shiladi(CPU, RAM). 2. Kengaytirish — scaling out yoki horizontal scaling. Bu yechimda yuklamalar bir nechta kichikroq mashinalar o'rtasida taqsimlanadi. Vertical scaling bitta mashinada ishlagani uchun soddaroq, lekin yuklama ortgani sari xarajatlar ham ortib boraveradi. Shuning uchun juda ham intensiv ishlaydigan tizimlar horizontal scalingdan qochisha olmaydi. Horizontal scaling bir necha qismlarga bo'lingani uchun ularni boshqarish murakkablik tug'diradi. Uning ustiga, qaysidir darajagacha bitta mashinaga ketadigan xarajat bir nechta mayda mashinalarga ketadigan xarajatdan arzonroq bo'ladi. Mana shu darajaga yetganda uslubni o'zgartirish kerak yoki oldindan yuklama darajasi yuqori bo'lishi kutilayotgan bo'lsa, shunga moslab arxitektura qurish kerak. @it_suhbat