TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #1140

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten1,790Anzahl der Ansichten
Gepostet10. Juli10.07.2025, 09:21
Beitragsinhalt

Inhalt

Tasavvur qilaylik, siz ma'lumotlarni qayergadir yozib ketayapsiz. Bu — ma'lumotlar ombori. Yangi yozuvlar tushaveradi, tushaveradi va albatta, qachondir ularni o'qish ham amalga oshiriladi. Ma'lumotlarni o'qishda ma'lum filtrlar ishlatiladi. Bu filtrdagi shartlarni tekshirib chiqish uchun har bir element ketma-ket tekshiriladi. Bunday tekshiruv uslubi esa yaxshi emas(( Ma'lumot ko'paygani sari qidiruv sekinlashib boraveradi(O(n)). Mana shu joyda ma'lumotlar omboridan bizga kerakli yozuvlarni tez o'qib olish uchun ketma-ket qidiruv emas, boshqacha yondoshuv kerak. Buning uchun biz yozilayotgan ma'lumotlarni maxsus ma'lumot tuzilmasi — index'ga joylab ketamiz... @it_suhbat