TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #1142

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten1,710Anzahl der Ansichten
Gepostet6. Aug.06.08.2025, 04:24
Beitragsinhalt

Inhalt

Oylik maosh qanday beglilanadi? Deylik xususiy kompaniya HR menejer ishga olmoqchi. Avvalo moliyaviy holatini hisobga oladi. Yani ko'rpasiga qarab oyoq uzatadi. Ikkinchi navbatda bozordagi holatga qaraydi. Biroq barcha hisob-kitoblarni ostin-ustin qiladigan bitta omil bor, bu siz keltirayotgan qiymat. Agar siz katta qiymat keltira olsangiz, o'griqlarga yechim bo'la olsangiz siz xohlayotgan oylik maosh beriladi. Oylik maoshni ko'tarish bo'yicha ham kirganingizda xuddi shunday vaziyat. Bu yerda savol biroz o'zgarishi mumkin. Siz yo'q bo'lsangiz kompaniyada nima o'zgaradi? Oylik maosh belginayotganda va oshirilayotganda shaxsiy ehtiyojlar hisobga olinmaydi. Bu masalada ishlaydigan qoida bor: "Avval beriladi, keyin so'raladi". Yuqoridagi savollarga javobingiz ijobiy bo'lsa, yaxshi oylik maosh so'rashdan uyalmang!