TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #1147

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten1,030Anzahl der Ansichten
Gepostet21. Okt.21.10.2025, 07:15
Beitragsinhalt

Inhalt

B-Tree indeksi qanday ishlashini tushunish uchun avval u qanday tuzilma ekanligini o'rganib chiqamiz. Demak, shu paytgacha biz asosan Binary Tree tuzilmasi bilan ishlaganmiz, tanishmiz. Daraxt ildizi(root) va undan eng ko'pi bilan 2 ta tugun(node), huddi shuningdek, bu tugun ham eng ko'pi bilan yana 2 ta bola tugunga ega bo'lishi mumkin. B-Tree farqli ravishda, tugunlarda bir nechta elementlar saqlaydi va bolalari ham bir nechta bo'lishi mumkin. Tugunlardagi elementlar tartiblangan holda saqlanadi. Bolalarining bog'lanishi ham tartib bilan: chap tomonga kichik elementlar, o'ng tomonga kattalari. Elementlar intervallar bo'yicha saqlanadi. Bu qidiruv samaradorligini oshiradi. Avval tugundagi elementlar ichidan binar qidiruvni amalga oshiradi. Tugun ichida bo'lmasa, mos intervaldagi bolalariga(keyingi tugunga) o'tib qidiradi. Bargga yetgunicha shu ish amalga oshiriladi. @it_suhbat