TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
Mono.zip Bu method ikki producer(Mono)larni birlashtirib beradi. Ikkalasi ham onNext hodisasini yuborganidan keyin, natijalarni Tuple2 holatida qaytaradi. Shu yerda muhim bir jihat bor! Agar Mono.zip(p1, p2) operatordagi p1 yoki p2 bo'sh qiymat qaytarsa(Mono.empty()), operator ham hech narsa qaytarmaydi. Ya'ni zipdan keyin siz kutayotgan tuple qaytmaydi! Chunki tuple yasash uchun p1 va p2 ning onNext signallari kutiladi, ikkalasidan birining signali bajarilmasa, natija ham bo'lmaydi. Bu holatga e'tibor bermasangiz, juda katta mantiqiy uzviylik yo'qotilishi va soatlab debuggingga duch kelishingiz mumkin :) Manfaatli bo'lsa, reactive yozadigan sheriklaringizga ulashib qo'ying. @it_suhbat