Inhalt
Oxirgi paytlardagi AI agentlari rivojlanishi juda katta imkoniyatlar va yengilliklar beryapti. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Ba'zilar e'tibor ham bermagandir balki. AI agentlar uchun hamma narsaga ruxsat berib, kompyuterga o'rnatib, unga istalgan ishni qilishni buyursangiz, qilib beryapti. Qaysidir dasturni ochib, mana bu ishni qil desangiz ham, dasturlar ustidan nazorat o'rnata olyapti. Bir tomondan endi hamma narsa qilish oson. Ikkinchi tomondan sizga tegishli hamma narsa oqib chiqib ketyaptiku. Shaxsiy ma'lumotlar, VPN username, parollari, ma'lumotlar omboriga autentifikatsiya va hokazolar. Davlatlar bir-biriga qo'rqmay raketa uchirayotgan bir davrda chet eldagi qaysidir kompaniya sizning ma'lumotlaringizni(PROD!) o'g'rilab ishlatishi, tarqatishi uchun o'zini tiyib turadigan kuch topa oladimi, nima deb o'ylaysiz? @it_suhbat