Inhalt
"Bilim" va "aql" boshqa-boshqa narsalar. "Bilimli" va "aqlli" ham 2 xil tushuncha. Bilim — narsa yoki hodisani uning aslidek bilish. Bilimli bo'lish — tajriba, o'rganish yoki kuzatish orqali to'plagan bilimlar. Aql — bu mexanizm, fikrlay olish qobiliyati. Aqlli bo'lish — vaziyatga moslashish, muammoni tahlil qilib, tushunib, unga yechim berish. Bolani bilimli qilish oson. Chunki ularda xotira kuchli bo'ladi. Vaqt davomida ma'lum narsalarni qayta-qayta yodlatsangiz o'sha bilimni egallayveradi. Lekin aqlli qilish undan ko'ra muhimroq va bunda shunchaki yodlatish foyda bermaydi. Aqlda jon bor, u harakat qiladi. Bilim esa to'plangan xomashyo. Mustaxkam va hammaga xizmat qiladigan bino qurish uchun kuchli muhandis-quruvchi va eng yaxshi xomashyolar kerak bo'ladi Bolangizni aqlli qiling, bolangizni bilimli qiling. Alloh oson qilsin. @hammamiz_yoldamiz