Inhalt
Assalomu alaykum Ismim ABDUVOSIT ERGASHEV, yoshim 23 (ayni vaqtda), Koreyada joylashgan Incheon Milliy Universiteti (Incheon National University)da Koreya Savdo va tijorat (Korean Trade and Commerce) yonalishi 3-bosqich talabasiman. Men bloger emasman va buni da'vo ham qilmayman, shunchaki o'zim uchun foydali fikrlarni sizlar bilan bo'lishish uchun bu kanalni ochdim. Tog'risini aytganda yana bir maqsad ko'zlangan, ba'zida hayolimga galati fikrlar keladi va bu fikrlar jamiyat uchun foydali yoki zararli ekanligini bilish va agar xato fikrlayotgan bo'lsam buni to'g'rilash uchun bu kanalni tashkillashtirdim. Mavzular ko'lami keng deb hisoblasa ham bo'ladi chunki aniq bir sohaga e'tibor qaratmadim (albatta shaxsiy fikr va dunyo qarashga egaman, maqsadlarim ham yetarli). shaxsiy kanalga ega bo'lish balki yaxshi yoki yomon, ammo insonga yangi majburiyat yuklaydi, har kuni izlanishga va nimadir yangilik o'rganishga majbur qiladi (chunki barcha uchun birdek foydali bo'lish va faollikni ushlab turiish oson ish emas).