TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #184

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten648Anzahl der Ansichten
Gepostet5. Jan.05.01.2022, 18:57
Beitragsinhalt

Inhalt

Alloh taolo insonni judayam murakkab hilqat qilib yaratgan. Bizga berilgan kuch-qudratni qaysidir birimiz balki 1/1000 qismini ham ishlatmayotkandirmiz. Aslida hammasi hozirgidek emas, ya'ni aynan siz hamma narsa qila olasiz. Insonni tuzilmasi ichida eng murakkabi bu - miya. Inson miyasi juda katta kuchga ega, lekin kimlar uchun? Mana shu kuchni ishlatishni xohlaganlar va harakat qilganlar uchun. Eslab qolish bo'yicha Rossiya rekordchisi Davronbek Turdiyev o'zining oddiy jismoniy tarbiya o'qituvchisidan eslab qolish bo'yicha rekordchi darajasiga borgunigacha bo'lgan yo'lni "Osmondagi bolalar" loyihasida gapirib bergan ekanlar. Oldin youtube'da tavsiyalarda chiqib qolsa e'tibor bermas edim, bugun shu videoni ko'rdim, hali oxiriga yetganim yo'q va buni ko'pchilik ko'rishini, har bir insonda shunaqangi kuchli qurol(miya) mavjudligini, uni ishlatish kerakligini bilishini xohladim xolos. Kerak bo'lsa uxlamasdan ko'rishizga ham arziydi. Miyani kuchaytirmoqchi bo'lganlar bormi :) @it_suhbat