Inhalt
Miyada dofamin gormoni bor. Bu gormon nimadir yoqimli ish qilsangiz, miya tomonidan ishlab chiqariladi va aynan shu gormon rohatlanish hissini beradi. Hamma siz o'rganib qolgan ishlar — kompyuter o'yinlari o'ynash, tik-tok, instagramda o'tirish, sigaret chekish va hokazo odatga aylanib qolgan ishlarda aynan shu gormonning xissasi bor. Organizm shu gormonga o'rganib qoladi va uni ishlab chiqish uchun sabab talab qiladi. Sababni esa hamma o'zi uchun o'zi tanlagan — kimdir kitob o'qib, kimdir video o'yinlar orqali va yana kimdir zararli yoki foydali biror ish orqali. Aytmoqchi bo'lganim, lazzatlanadigan ishni tanlash o'zingizni qo'lingizda, foydali bo'lgan ishlarni ham nafsga o'rgatsa bo'ladi va keyinchalik nafsni o'zi shu foydali ishni talab qiladi. Xuddi hammamizda zararli ishni nafsimiz talab qilgani kabi. U uchun nafsni, qalbni poklash kerak. Oxirgi paytda o'zim uchun dasturlashni yangi qirralarini ochyapman. Yangilik o'rganganim sari dofamin ishlab chiqib, yana o'ziga tortyapti :) @it_suhbat