TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #264

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten417Anzahl der Ansichten
Gepostet31. Jan.31.01.2022, 20:37
Beitragsinhalt

Inhalt

Har kuni o'nlab-yuzlab talabalar "Dasturim ishlamayapti" deb xabar yuboradi. Kodiga qarayman, ba'zan xatoni birdan ko'raman, lekin ko'rsatmayman. Gapni uzoqdan boshlayman, "stringnimaligini bilasizmi?", ".update()metodi qanday qiymatlar qabul qiladi?" yoki "Falon mavzuni o'qiganmisiz?" kabi savollar bilan qiynayman. Bitta savolga javob bersa, keyingisiga olib o'taman. Mavhum lekin yo'naltiruvchi javoblar beraman. Tushunaman, bu talabaning asabini oʻynaydi, huddi battar chalkashib ketgandek tuyuladi. Keyin esa kutilmaganda 💡yoqiladida, miya ishlab ketadi. "Rahmat ustoz, xatoni topdim" deydi. Mening maqsadim sizni asabingizni o'ynash emas. Maqsad sizga xatolar ustida mustaqil ishlashga oʻrgatish. Axir kelajakda, ishga kirganingizda doim ham ustoz tepangizda turmaydi. Qolaversa bu usul bilan, ming azobda toʻgʻrilangan xato miyangizga muhrlanib qoladi va keyingi safar bu xatoni takrorlamaysiz. @sariqdev