Inhalt
Odatda hech qachon o'quvchilarim ishga kirishgani haqida post yozmayman. Bu ham birinchi va oxirgisi bo'lsa kerak. Lekin bir o'quvchim haqida yozmasam bo'lmaydi. Bir muddat darslardan so'ng bitirishdi. Va shu qatorda u ham bitirdi. Yoshi 15da. Bilimi juda yaxshi. Bitirgandan beri shuncha harakat qilsa ham hech qayerga ishga kira olmadi yoki qabul qilishmadi. Lekin harakatni to'xtatmay ko'proq yana ustida ishlashni kanda qilmadi. Social mediadan ajralib o'z ustida ishladi. Ingliz tiliga qatnadi. Xullas nima qilsaham taslim bo'lmadi. Har doim yuragi siqilib kelar edi. Bugun yuzimni kuldirgan bir habar yozdi. Yaxshi maoshga va chet eldan ishga taklif qilishibdi 😅. 20 ta yiqilishdan keyin bo'lsa ham. Bu bilan nima bo'lganda ham taslim bo'lmay ko'proq harakat qilsangiz albatta muvaffaqiyatga erisha olasiz demoqchi bo'ldim. Agar sizni qayerdir rad qilsa demak u yer sizga loyiq emas. Siz boshqa joy uchun yaralgandursiz. Doim aytganimdek charchaganda tashlab ketishni emas, dam olishni o'rganing. Youtube | Linkedin | Instagram @saudabdulwahed