Inhalt
Dasturchilarning qismati — boshlang'ich 1 yil qiyinchilikda o'tadi. Kim shu davrdan sabr bilan o'ta olsa, shundagina o'ylagan natija/oylik/sharoit/jamoa/ofis ga yetishadi. Bu 1 yil o'rganishni boshlaganingizdan keyin emas, o'rganib bo'lib, ish qidirishni boshlaganingizdan hisoblanadi :) Asosiysi, 1-ishni boshlab olish, mayli u yaxshi joy bo'lmasin, mayli kam oylikka ishlarsiz, mayli tekinga ishlarsiz, lekin asosiysi real proyektlar ishlab chiqiladigan muhitga kirib olish. Odatda, 2 - yil deyarli stabil kechadi. 3+ yillik tajribadan keyin qarabsizki, ishni, oylikni, sharoitni tanlab-tanlab ishlayverasiz. Bunda ham bir shart bor — o'z ustingizda tinmay ishlashingiz kerak. Bu mashaqqatli va qiziq yo'lga Allohga tavakkal qilib chiqqanlarga bizdan salomlar😊 @it_suhbat