TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
#SICNT "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazida Java dasturchilar uchun e'lon qilingan stajirovka bo'yicha 100 ga yaqin nomzodlar bilan suhbat o'tkazildi. Suhbat natijasida ular ichidan eng ma'qullari tanlab olinib, 2 haftalik topshiriqlar bosqichiga o'tkazildi. Jami 10 nafar saralangan nomzodlar real proyektlar bilan ishlash uchun sinov muddatiga qo'yildi. Ulardan 5 nafari ishga qabul qilindi. Qolgan 5 nafari sinov muddatini davom ettirishmoqda. Qilingan harakatlar yaxshi samara bersa, keyinchalik, stajirovkaga qabul to'lqinining ikkinchi bosqichini amalga oshirish rejasi ham ko'zda tutilgan. @it_suhbat