Inhalt
Nonni arralaymiz va daraxtni pichoqlaymiz Tasavvur qiling sizga bir ish buyurishdi: sizni bir yigirma yillik daraxt oldiga olib kelib, “Shuni kesib, o’tin qilish kerak!” - deyishdi. Oldiniga qo’lingizga oddiy pichoq berishadi. Diqqat, savol: Pichoqda butun boshli daraxtdan o’tin tayyorlay olasizmi? Javob: Ha! Bemalol! Faqat bu ish kami bilan bir oyda bitadi… Agar bitsa… “Hop, unda bu arrani ol!” - deyishsa, ishingizning unumi bir oydan uzog’i bir haftaga qisqaradi. Agar benzinda ishlaydigan arra berishsa, besh-olti soatda butun daraxtni 20 santimetrlik kichik kubiklarga bo’lib chiqa olasiz. Keling, misolni boshqa obyektga nisbatan olamiz. Non. Nonni kesish kerak nonushtaga. Xuddi o’sha pichoq, arra va benzinda ishlovchi arra bizning yordamchilarimiz bo’ladi. O’ylaymanki, benzinda ishlovchi arrani hech bir odam tanlamasa kerak. Axir stol butun qolishi kerak-ku! Dasturlash tillari ham huddi shunday, do’stlar! Siz tilni emas, balki, yo’nalishni tanlang! Shunda kerakli til o’zi oyog’ingiz ostidan chiqadi, chunki har bir tilning o’z o’rni bor. Har bir til o’z yo’nalishida juda zo’r ishlaydi, lekin agar ushbu til boshqa yo’nalish uchun ishlatilsa, uning tizimga foydasidan ko’ra zarari ko’proq bo’ladi. Hammasining o’z o’rni bor! @app_hbs