Inhalt
Ta'limga va islomga oid kontentni "Million" bilan solishtirmang Ko'ngilxushlik uchun chiqarilgan kontent doim ta'lim va diniy, umuman olganda jiddiy kontentdan ko'proq ko'rish jalb qiladi. Bir necha yuz karra ham ba'zi holatlarda. Bu bizni "odamlar yomon bo'lib ketdi, bema'ni kulguni ko'radi faqat" degan xulosa qilishga olib kelishi mumkin. Lekin chuqurroq o'ylab ko'rsak, odamga o'z jonini og'ritmay, miyasiga zo'riqish bermay qabul qiladigan ma'lumot ko'proq xush keladi. Ba'zi vaqtlar bo'ladi-ku, "hozir shu videoni ko'ramanu, YouTubeni yopaman" deymizu, bir-ikki soatdan keyin "eee, yana vaqtimni ketkazib qo'ydim" deymiz. Bo'lib turadi bunday vaziyat. Ko'ngilxushlik uchun chiqarilgan ma'lumotni iste'mol qilish oson. Jiddiy mavzular uchun esa miyani neytral holatidan qo'zg'atib ishlatish kerak bo'ladi. Ma'lumotlar ko'rilishini solishtirayotganda ham boshqa kategoriya bilan solishtirmagan ma'qul. O'zingiz uchun foydali deb bilgan manbalarni esa boshqalarga ham e'lon qilib qo'ying. Boshqalar ham foydalansin.