Inhalt
TANAFFUS Assalomu alaykum va rohmatulloh. Bundan taxminan 4-5 oy oydin online suhbat(dars)lar tashkil qilgan edik va har hafta yakshanba kunlari davom etib kelayotgan edi. Orada nimadir muammolarga ko'ra 1 oydan uzoqroq muddat uzilish bo'ldi. Buning bir nechta arzirli sabablari bor. Shu kungacha suhbatlar va kanalning faoliyati deyarli to'xtab qolganligining sabablari: 1. Ramazon oyi kelishi — asosiy e'tiborni shu oydan foydalanishga qaratish. 2. Najot ta'limda ikkinchi guruh berilishi — ertalab soat 7:00 dan 10:00 gacha va 10:00 dan 13:00 gacha 2 ta guruhga dars beradigan bo'ldim. 3. "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazida ishlarning ko'payishi. 4. Yuqoridagi 3 ta faktorning oqibatida kuniga 10-12 soat ishlash(shug'ullanish emas, ishlash!), uyquning 3-4 soat bo'lganligi va hokazo ta'sirlar oqibatida jismonan va ruhan imkoniyatlarim kamayishi. 5. Ramazondan chiqqanimizdan keyin Najot Ta'lim tomonidan katta masshtabli ochiq dars rejalashtirilgani va unga tayyorgarlik, oxirida taqdimotni o'tkazish. 6. Alloh farzand ne'mati bilan rizqlantirganligi — kecha farzandli bo'ldim, Alhamdulillah. Oldingiga nisbatan mas'uliyat yana ham kuchayadi. (In shaa Alloh musulmonlarga, o'zbek xalqiga manfaatli farzand qilib tarbiyalashlik nasib qilsin, duo talabidamiz😊) 7. TATU da oxirig o'quv semestri, mustaqil ish, qo'shimcha vazifalar va diplom ishi masalalari... Qolgan sabablar esimga kelmadi😅 To'xtatish niyatim yo'q edi, 1 oy ichida har yakshanba ichim achidi oldingi kunlarni eslab... Ko'rib turganingizdek, "majbur" bo'ldim, bu uchun uzr so'rayman. In shaa Alloh, yuqoridagi bir nechta sabablar bartaraf bo'lyapti, tanaffus tugadi chog'i😅 Yana deep learning'ga qaytamiz😁 Ilm yo'lida bor imkoniyat va kuchini sarf qilayotganlarga bizdan salomlar bo'lsin, Assalamu alaykum va rohmatulloh! Millatni uyg'otish — uyg'onganlarning vazifasi! @it_suhbat