TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #491

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten581Anzahl der Ansichten
Gepostet12. Mai12.05.2022, 15:55
Beitragsinhalt

Inhalt

Dasturlash bilan qaytdik! Biroz tanaffuslardan so'ng biz yana o'z vazifamizni bajarishga qaytdik. Bu safar zamonaviy kasblardan biri — dasturlash haqida gaplashamiz. 🧑‍💻 ⚜️ Loyihamizning 24-soni mehmoni Toshkent shahrida tavallud topib, avval Toshkent Islom universiteti akademik litseyini, so'ngra 2018-yilda Toshkent xalqaro Vestminster universitetining "Biznes axborot tizimlari" fakultetini tamomlagan, Frontend dasturlash sohasini o'rgatish bo'yicha 3 yildan oshiq tajribaga ega mutaxassis — Muhammadjavohir Sur'atov bo'ldilar. Spikerimiz hozirda MayoqHub loyihasi asoschisi va Mohirdev.uz onlayn o'quv platformasida ta'lim bo'limining mas'ul xodimi sifatida faoliyat yuritadi. Ishonamizki, ertaga soat 20:30 da premyerasi bo'lib o'tuvchi suhbat IT sohasiga qiziquvchilar uchun juda ham foydali va qiziqarli bo'ladi.😊 🔴 YouTube sahifamiz