TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #567

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten1,100Anzahl der Ansichten
Gepostet21. Juni21.06.2022, 13:38
Beitragsinhalt

Inhalt

​​Click — 3 oy. Payme — 5 oy. Udevs — 8 oy. LinkedIn vebsaytida oxirgi ikki uch oy ichida bir g’alati narsani guvohi bo’ldim. Bu narsaga oldinlari e’tibor bermas edim. Hozir bu narsa meni o’ylantirib qo’ydi. LinkedIn — bu ish qidiruvchi va ish beruvchi orasida aloqani bog’lab beruvchi ijtimoiy tarmoqdir. Ish qidiruvchi o’z profilini o’zi egallagan bilim va ko’nikmalar bilan boyitadi. Ish beruvchi esa, agar unga ish qidiruvchining malakasi yetarli bo’lsa, shu odamni ishga olish uchun suhbatga taklif qiladi. Ish topgan payt LinkedIn’da huddi Facebook’ga o’xshab “I’m excited to start my new job!” mavzusida post chiqarish urf bo’lib qoldi. Qolganlar esa bu postga Like qo’yib o’z tabriklarini bildirishadi. Men e’tibor bergan narsa shunda-ki, o’zi bir ish joyiga ishga kirganiga 2 oygina bo’lgan odam, yana yangi ish joyida ish boshlaganini hammaga ovoza qiladi. Shu odam profiliga kirsangiz, uning har bir kompaniyada uzog’i 8 oy ishlaganini guvohi bo’lasiz. Shu payt bir necha savollar paydo bo’ladi: Bu CVni to’ldirishga harakatmi? Yoki kompaniyalar shunchalik yomonmi? Nima uchun yoshlar kompaniyalarda ko’p ishlay olishmayapti? Muammo qaysi tomonda? Yana ham qizig’i shunda-ki, aynan shunday dasturchilar tufayli — kompaniyalar saviyali, ish ko’zini biluvchi, jonkuyar bolalarni ishga olmay qo’yishmoqda. Bu tabiiy narsa, bir dasturchi bir joyda bir yil ham o’tira olmasa, kompaniya undan keyingi dasturchiga ham ishonmay qo’ya qoladi. Axir dasturchini ishga olib ish bilan ta’minlash ham alohida katta mablag’ talab etadi. Agar hamma oz-ozdan o’tirib ketaversa, unda hech kimni olmagan yaxshi! Shuning hisobiga ham suhbatlar murakkablashib ketdi. Shuning hisobiga ham hamma vakansiyalar “Middle kerak” degan so’zlardan boshlanadigan bo’lib qoldi, chunki Juniorga ishonch yo’q. U o’sishni xohlamadimi, kompaniyalar ham uni ishga olgisi kelmaydi. Shundan keyin ham kuchli filterlar kelib chiqaveradi. Gaplarim oxirida bir narsani aytaman — Kompaniya rivoji, undagi Sizga bo’lgan e’tibor Sizga bog’liq narsa. Hech kim o’zidan o’zi “Mana shu bolani qiynaymiz” — demaydi. Kompaniyada uzoqroq ishlab o’zingizga yaxshi nom va tajriba yig’ishga uruning. Shundagina yaxshi oylik maosh ham, Seniorlik darajasi ham bo’ladi. Ilm izlashdan to’xtamang! @app_hbs