Inhalt
#Exception#Handling#try_with_resource Javada resurslar bilan ishlayotgan paytingizda, ya'ni fayldan, database'dan, I/O uchun ishlatiladigan ixtiyoriy class yoki interface bilan ishlayotganingizda ma'lumotni o'qib olgandan keyin yoki yozib bo'lgandan keyin uni close qilib yopish kerak bo'ladi. Agar yopilmasa, muammolar yuzaga keladi)) Albatta, I/O bilan ishanganda try-catch ishlatish yoki throws orqali xatolikni bildirish talab qilinadi, sababi IOException bu – checked exception. Misol uchun database'ga session ochdik deylik. Session try blockdan oldin ochiladi. Try block ishlab, oxiriga yetadi yoki xatolik bo'lsa catch block'ga tushadi. Finally'da esa session yopiladi. Try-with-resources ifodasining vazifasi shuki, Autoclosable yoki Closable interface'larni implement qilgan class'lar bilan ishlaganda, finally block'siz o'zi close qilib beradi. @it_suhbat