TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
Biron N texnologiya bo'yicha savol bo'lganda. "Assalomu alaykum. N texnologiya guruhida bor ekansiz. Bir savol bilan bezovta qilyapman. Yo'l-yo'riq ko'rsatib yuborsangiz, katta yordam bo'lar edi. Vaziyat mana bunday: - N texnologiyada X amalni bajarmoqchi edim. M videodarsidan ko'rib o'zim mustaqil tuzib ko'rayotgandim. Z ko'rinishidagi xato chiqdi. Internetdan qarab A, B, C sahifalardagi tavsiyalarni bajarib ko'rdim. Lekin, negadir tuza olmayapman. Tuzmoqchi bo'lgan narsam skrinshoti/videodemosi - link Hozirgacha yozib ko'rgan kodim - CodePen, Codesandbox, JSFiddle yoki boshqa sandboxga link Oldindan katta rahmat." #no_meta