TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #675

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten1,570Anzahl der Ansichten
Gepostet26. Sept.26.09.2022, 09:05
Beitragsinhalt

Inhalt

O'zbekistondagi raqamli akademiyalaridan biri Najot Ta’lim markaziga Java ustozi kerak. Biz kimmiz? Biz 250 dan ortiq xodimlarga ega raqamli akademiyalaridan biri sifatida O'zbekistonda axborot texnologiyalarini o'rgatish va qayta kashf etishda muvaffaqiyat qozonyapmiz. Ayni damda Toshkent shahrida 2000 dan ortiq o’quvchi bilan birgalikda ish faoliyatimizni yurityapmiz. Talablar: • O'zbek tilida erkin muloqot qila olish; • Kamida 2 yillik ish tajribasi; • Algoritm va ma'lumotlar tuzilmasi bo'yicha mustaxkam bilimga ega bo'lish; • OOP printsiplarini yaxshi tushunish, SOLID, DRY, KISS metodologiyalarini bilish; • Exceptions, Collections API, I/O, Multithreading API haqida chuqur bilimga ega bo’lish; • JDK ning versiyalari va ulardagi yangiliklardan xabardor bo'lish; • Ma’lumotlar bazasi(PostgreSQL) bo'yicha kuchli ko'nikmalarga ega bo'lish; • Redis, Hazelcast kabi kesh xotiralar bilan ishlash tajribasi; • Spring Framework, Spring Security, Spring Data, RESTful API, IoC va DI, bean bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lish; • git VCS, Maven yoki Gradle bilan ishlash va mexanizmlarini tushunish; • Darslarni qiziqarli o'ta olish. Bizning takliflarimiz: • Toshkentdagi zamonaviy hi-tech ofislarida qulay ish muhiti; • 5\2 moslashuvchan ish jadvali; • Part-time ishlash imkoniyati mavjud; • Samimiy va ahil jamoa; • Kuchli mutaxassislar bilan hamkasb bo'lishingiz mumkin; • O'zingizni rivojlantirish imkoniyati; • Texnik va yumshoq ko'nikmalar uchun bepul treninglar; • O'zbekiston bo'ylab jamoaviy sayohatlar. Murojaat uchun: @najottalim_recruiting; 📞 Tel: +9989 9 515 00 11 @it_suhbat