Inhalt
#hard#leetcode Bugun darsda o'quvchilar bilan zo'r masala ishladik: naming-a-company Jamoaviy fikrlash va katta masalani kichik qismlarga bo'lib olib hal qilish doim yaxshi samara beradi. Algoritmik masalalar ishlayotganda birinchi bo'lib kod yozishni boshlamasdan turib qog'oz ruchka bilan yechim uchun yo'llar qidiring, darrov kodga kirishib ketmang. Sababi kodga kirishib ketishingiz miyangizni va fikrlashingizni dasturlash tili ichiga "qamab" qo'yadi. Siz o'z dunyoqarashingiz, iloji boricha matematik qobiliyatlaringizni ishga solib biror qonuniyatni topib olishga harakat qiling. Logikangiz tayyor bo'lganidan keyin, istalgan test qiymat uchun javob qaytarish qonuniyati topilganidan keyin kod yozishga kirishsangiz bo'ladi. Sinalgan uslub, kuchliroq algoritmchilardan so'rasangiz ham bo'ladi😅 @it_suhbat