Inhalt
Fargʻonaga safar yaxshi oʻtdi. U yerdagi filial ham anchagina katta ekan. Lekin hozircha 3 etajdan bittasi ishga tushirilgan, qolganlari jarayonda. In shaa Alloh, vodiy ahli uchun koʻp manfaat keltiradigan ilm dargohi boʻladi deb umid qilaman. Suhbatga keladigan boʻlsak, hammasi ajoyib va qiziq oʻtdi. Dasturlashni oʻrganish boʻyicha gap ketganda men va atrofimdagi sheriklarim dasturlashga qanday kirib kelganimiz, oʻrganish jarayonlari qanday kechgani, birinchi ish, birinchi suhbat qanday boʻlgani haqida gaplashdik. Oʻzim ham oʻsha paytlarga qaytib qolgandek his qildim😅😊 U yerdagi oʻquvchilarga ilm olish yoʻlini Alloh oson qilishini va oldinda kutib turgan deyarli hamma dasturchining boshidan oʻtadigan qiyinchilik davrini chiroyli sabr va mehnat bilan oʻtkazishlarini tilab qolaman. @it_suhbat