Inhalt
https://youtu.be/qBpt-b9BkW4?t=434 Boshlanishiga 600-800$ lik ish deb umuman o'qimasdan mol-qo'y boqib yurgan, maktabni ham yaxshi o'zlashtirolmagan yoshlarni chaqiramiz. Ular umid qilib boqib turgan mol-qo'ylarigacha sotib falon million so'mlik kurslarda o'qishadi. Kimdir tortib keta oladi, kimdir shunchaki Toshkentga kelib aylanib ketgani qoladi(lekin sotilgan mol-qo'y joyiga qaytmaydi). Kursni bitirgandan keyin esa tekinga bo'lsa ham stajirovka qilaman, stajirovkaga oladigan joy bormi deb qidirib yurishadi. To'g'ri, balki pul motivatsiyadir, lekin shu motivatsiyani berib, sohadan uzoq bo'lganlarni ichini qizdirib o't yoqishdan oldin kamida 2 yillik qiyinchilik borligini, 2 yilsiz 500 $ lik oylikka chiqish deyarli ilojsizligini ham aytib o'tishimiz kerak. 1-yili o'rganish uchun, 2-yili ish qidirish uchun. Osonlik bilan bo'lmaydi. @it_suhbat