TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #874

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten1,250Anzahl der Ansichten
Gepostet13. Sept.13.09.2023, 09:57
Beitragsinhalt

Inhalt

Visibility, Zo’r ish qilish muhim lekin bu hammasi emas. Yaqinda productionda bo’layotgan bir muammoni o’zimizning test moshinalarda reproduce qildim. Hammamiz bilamiz 100% reproduce qilib bo’lmaydigan, aksirsa ishlaydigan yo’talsa ishlamaydigan buglarni — eng yomon buglar 🤨 Bunday buglarni reproduce qildingiz degani 90% ishni bajardingiz degani. Muammoni hal qilish uchun bir qator ham kod yozmadim, boshqa bir dasturchini commit’ini cherry-pick qilishni o’zi yetarli bo’ldi. Ammo bir hafta vaqtim ketdi va muammoni hal qilganimdan juda xursandman chunki bu narsa bizni yangi releaselar qilishdan to’xtatib qo’ygan edi. Shunday xolatda agar mendan 3 yil avval manager “Vohid, what did you do the last week?” deb so’rashganda, men “I just fixed a bug using someone else’s code” degan bo’lar edim. Hozir esa quyidagicha javob beraman: — I digged deep into a problem and reproduced a bug that was affecting 30% of our production users — I collected logs on different app versions and pinpointed the root cause — I applied the fix and verified it on several different devices which explained the recent user drop in our analytics — This further unblocked us from dropping the new release with more confidence Men shu tarzda proyektdagi ishimni visibility’sini oshiraman. Bu karyeram uchun juda manfaatli. Oramizdan bazilar aytishi mumkin: men dasturchiman, sotuvchi emasman. Gapingizga qo’shilaman, bizni asosiy ishimiz bu yuqori sifatli software yozish. Lekin, afsuski karyerangizni oldinga siz tortmasangiz, hech kim tortmaydi. Ishingizni siz sotmasangiz, hech kim sotmaydi. Lekin unutmang, qanchalik zo’r sotuvchi bo’lmang sifatsiz narsani sota olmaysiz. Zo’r ish qilish baribir muhim.