Inhalt
Sport va dasturlash. 2-3-mart kunlari CrossFit bo'yicha Savage Games 2024 musobaqasi o'tkazildi. Musobaqaga qo'shni davlatlar va Rossiyadan atletlar kelib qatnashishdi. Men ham bu musobaqa o'tkazilishidan yanvar oyida xabar topdim, saralash bosqichidan o'tdim va 1 oy kuniga 4 soatlab mashg'ulotlar qilib, qattiq tayyorgarlik ko'rdim. Natija yomon bo'lmadi, 2-o'rinni egalladim. Bizning kasbdagi miya bilan bog'liq charchoqlarni chiqarishning eng yaxshi usuli bu — sport. Sportni doimiy ravishda, qoldirmasdan olib ketish uchun insonda maqsad bo'lgani ayni muddao. Dasturchi degani ochki taqqan, nozikkina yoki aksincha qorin qo'ygan, harakatsiz odam emas. Dasturchi istalgan sohasiga kirib, o'sha yerda o'zini baliqdek his qila oladigan, tez moslashuvchan, har bir ishda o'zining aqliy salohiyati bilan boshqalarga nisbatan yaxshi natija ko'rsata oladigan mutaxassis. Dasturchilar ham chempion bo'la olishadi. @it_suhbat