Inhalt
Bu rasmda crossfit boʻyicha oʻtkazilgan Savage Games 2024 musobaqasidagi umumiy natijalar aks ettirilgan. Bu yerdagi raqamlar har bir eventda kim nechanchi boʻlib tugatganini(eng past — eng yaxshi) bildiradi. Men hech qaysi eventda 1- yoki 2-oʻrinni ololmaganman, lekin umumiy hisobda 2-oʻrinni egalladim. Qaysidir eventlarni 1-boʻlib yopganlar xattoki uchtalikka kirolmagan. Hayotda ham aslida kim gʻolibligini shu koʻrsatgichlarga qarab tushunib olsa boʻlar ekan. Kimdir ishida eng zoʻri, kimdir oilaga e'tibor boʻyicha birinchi oʻrindadir. Bir tarafim zoʻr deb qolganlarini bee'tibor qoldirgan yutqazib qoʻyishini tushundim. Muvaffaqiyatli odam deganda faqatgina qaysidir sohani "yorib" qoʻygan individual degan tushunchanigina tushunib qolmaslik kerak ekan. Balki uning boshqa kamchiliklari hisobiga u umumiy hisobda orqadadir?! @it_suhbat