TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #946

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten1,790Anzahl der Ansichten
Gepostet30. März30.03.2024, 08:39
Beitragsinhalt

Inhalt

Apache Kafka bu — taqsimlangan ma'lumotlar oqimi platformasi. Bu nima degani? Ma'lumotlar oqimiga asoslangan platformaning 3 ta asosiy xususiyatlari mavjud: 1. Ma'lumotlar oqimiga ma'lumotni kiritish(publish) va undan keladigan ma'lumotlarni qabul qila olish(subscribe), xuddi navbatga asoslangan xabarlar oqimi (message queue) kabi. 2. Ma'lumotlar oqimini ishonchli va yiqilishlarga chidamli(fault-tolerant) yo'l bilan saqlay olish. 3. Ma'lumotlarni ular oqimda paydo bo'lishi bilanoq qayta ishlay olish. Kafka asosan ikki xil holatda ishlatiladi: 1. Tizimlar va dasturlar o'rtasida ishonchli bo'lgan Jonli ma'lumotlar oqimi tarmog'ini qurishda. 2. Jonli ma'lumotlar oqimini o'zgartiruvchi yoki unga qayta ishlov beruvchi dastur qurishda. Kafkaning asosiy tushunchalari haqida o'zbek tilida maqolalar chiqarishni boshlaymiz. Imkon bo'lsa, bir qancha maqolalardan keyin amaliy dars qilib, nazariy bilimlarni qo'llashga ham harakat qilamiz. @it_suhbat