Inhalt
Salom hammaga, Bir necha hafta oldin mustaqil startup loyihamni boshlaganimni yozgan edim. Ishni boshlashdan oldin 2 hafta davomida tadqiqot qildim. O‘zimga savollar qo‘yib, ularga javoblar izladim. Natijada, g‘oyani biroz o‘zgartirishga qaror qildim. Sabablari: - Ilovamga o‘xshash alternativlar juda ko‘p, ularning orasida farq qiladigan jihat topa olmadim - Juda murakkab tizim tuzishga harakat qildim, lekin uni mustaqil ishlab chiqa olmadim - Bunday ilovani IOS developer yordamida qurish $9k–$10k atrofida turadi. Men hozir bu riskga bormoqchi emasman Bu g‘oyani validatsiyadan o‘tkazish jarayoni. Ko‘pchilik aynan shu bosqichda xatoga yo‘l qo‘yadi. Men esa bu xatolardan o‘rganishga harakat qildim. Ammo ishni to‘xtatmadim! Aksincha, g‘oyani soddalashtirib MVP holatiga keltirdim. Yangi ilova dizayni tayyor. IOS developer ishni boshladi. Hozir esa marketing plan ustidan ishlayapman. Quyida dizayndan bir parcha sheyr qilyapman. Yangi ilova haqida keyinroq batafsil yozaman. Cheers ✌️