Inhalt
karyeramni boshlaganimga 7 yil bo‘ldi. ammo haligacha o‘zimni “professional ish uslubim bor” deb ayta olmayman. shaxsiy hayotimda ham istaganimdek barqaror turmush tarziga ega emasman. nolimayman – hammasi o‘z maromida ketayapti. lekin ayrim xatolar doimiy ravishda takrorlanayapti. va bu – charchatadi. – dedlaynga kech qolish – vadani bajarmaslik – har narsaga “ha” deb ortiqcha mas’uliyat olish – ishda aniq tizim va sifat nazoratining yo‘qligi – chekishni tashlab, keyin yana qaytish – kunduzgi soatlarda uyg‘onish – pul sarfini nazorat qilmaslik bu kabi shikoyatlar bilan daftar to‘ldirish mumkin. eng og‘riqli nuqtasi shundaki – siz muammoni ham, yechimini ham bilasiz. lekin o‘zingizni o‘zgartirishga kuch topa olmaysiz. bu xuddi suvda cho‘kayotgan odamni qutqarish imkoniyatingiz bo‘lsa-da, o‘rningizdan turmaslikdek. vaqt to‘xtamaydi. uni baxtli, stresssiz, sog‘lom o‘tkazishning asosiy sharti – intizom. men bunga o‘z tajribam orqali tobora ko‘proq amin bo‘layapman. inson o‘spirinlik davridayoq o‘z shaxsiy qadriyatlarini shakllantira boshlashi kerak. bu – qandaydir andoza bo‘yicha “ideal inson” bo‘lish emas. bu – o‘zingizga xos tartib, xarakter va yondashuvga ega bo‘lish demak. masalan: ertalab turib kofe ichish va faqat tushlikdan keyin bir marta chekish – bu ham qadriyat. umuman chekishdan voz kechish – bu ham. soat 11:00 da uyg‘onish ham, 06:00 da yugurishga chiqish ham qadriyat. faqat farqi – ular sizni qaerga yetaklaydi? agar siz ham 25 yosh atrofida bo‘lsangiz va o‘zingizda yomon odatlarni ilg‘agan bo‘lsangiz – biling, sizda hammasini qayta sozlash imkoniyati bor. bunga vaqt va sabr kerak. qanday qilib bu odatlar shakllangan bo‘lsa, xuddi shunday. kitobni bir marta o‘qib o‘zgarib qolmaysiz. fyodor dostoyevskiyning “jinoyat va jazo”si sizni birdan dahoga aylantirmaydi. jamesning “atomic odatlar”ini o‘qib, hayotingiz darhol 10 barobar yaxshilanmaydi. eng muhimi – inson o‘zini noqulayliklarga o‘rgatishi kerak. chunki nafs har doim eng oson yo‘lni tanlaydi. lekin real hayotda haqiqiy o‘zgarish – o‘zini majburlashdan boshlanadi. o‘zingizni tahlil qiling. qadriyatlaringizni aniq belgilang. va eng muhimi – intizomli bo‘ling. jamiyatda boshqalardan ajralib turadiganlar bu – o‘ziga xos xarakterga va barqaror odamlardir!