TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Jamik - Independent Designer
Jamik - Independent Designer avatar

TGINSIGHT POST

Post #234

@jamik_notes

Jamik - Independent Designer

Ansichten86Anzahl der Ansichten
Gepostet14. Nov.14.11.2025, 09:12
Beitragsinhalt

Inhalt

Bir xil ko‘rinishga o‘rganib qolish Growth.design haqida oldin yozgan edim, mahsulot menejeri bo‘lasizmi, founder yoki UX dizayner bo‘lasizmi, ular juda foydali ma’lumot bilan bo‘lishib borishadi. Bugun sizlarga ularning bitta foydali keysi bilan bo‘lishmoqchiman. Oldingi xabarda ularni keysini Google orqali tarjima qildim. Sezganmisiz, har kuni bir xil yuradigan yo‘lingizga shunchalik o‘rganib qolasiz, avtomatik qayerda chuqur bor, qayerda nima turganini bilasiz? Yo‘lingizda qandaydir o‘zgarish bo‘lsa, misol uchun yangi do‘kon qurilsa, asfalt yotqizilsa undi darrov payqaysiz. Demak, ko‘p ishlarni avtomatda qilamiz, ko‘zimiz oldida turgan narsalarni sezmay qolamiz. Endi, bu holatni qanday qilib raqamli mahsulot yaratishda to‘g‘ri ishlatish mumkin? Duolingo bunga misol, ularning ilova ikonkasi tez-tez o‘zgarib turadi va sizni nazaringizni tortadi. Oqibatda ilovani ochasiz, uni eslaysiz, Duolingo o‘zini borligini shunaqa qilib eslatadi. Bu haqida o‘ylamagan ekanman hech. Qiziq bo‘lgani uchun sizlar bilan bo‘lishdim. Growth.design mavzu g‘oyasini Apple jismoniy mahsulot dizaynerining 2015-yildagi chiqishidan olgan https://www.ted.com/talks/tony_fadell_the_first_secret_of_design_is_noticin Ko‘ring, juda qiziq ma’lumotlar keltirilgan.