Inhalt
Bugun aytmoqchi bo‘lganlarim qisqacha mana: Issue 1: Ideal vaqtni kutish Ideal vaqtni kutib o‘tirish – xuddi chiroqdan jin chiqishini kutishdek gap. Ochiqchasiga aytganda, ideal vaqt degan narsa yo‘q. Har bir kunimiz – imkoniyat. Kuningiz foydali o‘tadimi yoki shunchaki o‘tib ketadimi – bu faqat o‘zingizga bog‘liq. Kutib o‘tirmang, ideal vaqt o‘zi kelmaydi. Uni aniq reja va harakat bilan o‘zingiz yaratasiz. Issue 2: Perfektsionistlik Ishga puxta bo‘lish yaxshi, mahsulotingiz sifatli chiqadi. Lekin hozirgi zamonda "ideal" qilaman deb o‘tirsangiz, poyezd ketib bo‘ladi. Bozorga tez kirgan yutadi. Ko‘p o‘ylaverish (overthinking) odamni faqat orqaga tortadi. Borini shundayligicha ommaga chiqaring, odamlardan fikr oling va yo‘l-yo‘lakay to‘g‘irlab ketaverasiz. Eng ishonchli va sinalgan usul shu – tan olish kerak. Issue 3: Intizom Hamma biladigan gap – katta maqsadga mayda qadamlar bilan boriladi. Kallani "sklad" qilib ishlatmang, u eslab qolish uchun emas, fikrlash uchun kerak. Operativ xotiramiz kichkina narsa. Bu mavzudan tashqari gap emas, rostdan ham shunday. Odam nima qilayotganini tushunib yetishi uchun rejasi bo‘lishi va o‘sha rejadan chiqmasligi kerak. Xulosa: Inglizlarning men yaxshi ko‘radigan gapi bor – "Consistency is key to success". Maqsad bormi? Uni maydalang va har kuni erinmasdan, bitta-bitta o‘sha qadamlarni tashlayvering. Bo‘ldi shu.