Inhalt
Sketch 💛 Sketch’ni ochmaganimga 6 yil bo‘libdi. Vaqt qanday uchib ketganini qarang. Figma’dan ancha oldin chiqqan, bir paytlar dizaynerlar uchun default tanlov edi. 6 yilda juda katta update’lar qilibdi. Rostini aytsam, ko‘rib hayron qoldim. 2 soatdan beri yangi feature’larni kovlab, bosib, sindirib ko‘ryapman 😄 Native app, internetsiz ishlash, hammasi lokal. Qandaydir sokin, distraction’siz vibe bor. Brauzer tab’lari orasida adashib ketmaysiz, hamma narsa o‘z joyida. Mana menga eng yoqqan yangi feature’lar: 1. Previews, web app’da sahifalarni yoki prototiplarni alohida ko‘rsatish imkoniyati, client’ga toza ko‘rinishda ulashish mumkin. 2. Workspace papkalarini tartibga solish qulay, bir nechta hujjatni tanlab papkaga qo'shish. 3. Web app Inspect mode’da to‘liq layer list bilan ko‘rish, CSS copy va export variantlari bor. 4. One-click image background removal bilan orqa fonni tez olib tashlash imkoniyati (Bu qiziq ko'rinmas lekin bu narsa sketch'da internetsiz bo'ladi :)) 5. Focus mode, layer list’da faqat tanlangan elementlar va ularning konteksti ko‘rinadi