TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
Mani yaqindan taniganlar bilishadi, ilgari man vatanparvar emasdim. Lekin vaqt o’tdi, ota-ona qadri, ma’suliyat, mehr degan tushunchalarni yaxshiroq his qilyapman shekili yurtimiz tinch ekanidan xursand bo’laman. Balki yangiliklarda boshqa davlatlardagi siyosiy vaziyatlarni ko’p kuzatish ham sababdur. Hozir uyda, oddiy dasturxonimizda tosterdan qaynoq chiqgab sendvich yeb va choy ichib bundan ortiq hech nima kerak emasligini - yaqinlarim bilan birga bo’lish qanchalik muhimligini anglagan holda dam olish kunini o’tkazyapman.