Inhalt
Работай не ради выживания, а ради кайфа. Men har doim o'zim uchun ishtiyoqli ishlarni qilib ko'rishga uringanman va hozir eng sevimli ishlarimni qilaman. Men tajribamdan to'liq foydala olishim uchun ishga mehr bilan yondoshishim o'zim uchun juda muhim. Ya'ni bir kompaniyada faqatgina maosh yaxshi to'lashganlari uchun ishlashdan ko'ra kichik bir jamoada sevimli loyiha ustida ishtiyoq bilan ishlash afzal deb bilaman. Bu uchun yillar vaqt ketdi, chunki har doim ham bunday shansga erishish oson bo'lmagan. Yuqoridagi gaplarimga misol sifatida men qanday qilib bepul shablonlar yaratish orqali birinchi passiv daromadimni ishlab topganimni aytmoqchiman. 2020 - yilda HTML/CSS asosida bir nechta juda sodda shablonlar yaratdim va Twitter, PH va boshqa yana bir nechta tarmoqlarda ularni ulashdim. Shablonlar bepul edi va bilasizmi, men yaratgan o'sha sodda shablonlar oy davomida 400 dan ortiq nusxalandi. Oluvchilar Donate sifatida $10 - $15 qoldirib ketishardi yuklash vaqtida va men bir necha oy davomida o'rtacha $200 - $350 daromad oldim. Bu mening internetdagi birinchi passiv daromadlarim edi. Bu ishga shunchalik ishtiyoq bilan kirishib ketdimki, bu orqali Adam Wathan (Tailwind CSS asoschisi) kabi mashxur developerlardan xabarlar oldim. Ular men shablonlarni bepul ulashayotganimni qadrlashlarini aytishganda men uchun jarayon yana ham qiziqarli bo'lardi. Shunday qilib 8 oydan keyin men 6ta shablondan iborat kichik saytimni sotish bo'yicha birinchi taklifni olganimda o'ylab o'tirmasdan sotdim (bu shoshqoloqlik bo'ldi 🙂 ). Bu yerda nima men uchun bunchalik qiziq bo'ldi? - Karantin vaqtida ham uyda ish bilan band bo'ldim; - Menga hech kimga topshiriq bermadi, men o'zim istagan tematikalar bo'yicha web-sayt shablonlari yaratdim; - O'zim uchun qiziq bo'lgan ko'p narsalar, jumladan marketingni o'rganib sinab ko'ra oldim; - Har hafta juma kuni Gumroad platformasidan donation orqali yig'ilgan pullarni olib turardim (Bu hammaga yoqsa kerak - Havodan pul topishdek 🙂 ); - Birinchi marta o'zim qurgan loyihamni sotdim. Mana o'sha shablonlar, hozir tekshirsam bir shablon 300 martadan ortiq sotilgan (mendan loyihani sotib olishgandan keyin barcha shablonlarni pullik qilishdi). Keyinroq hozirgi kunda qanday qilib Framer uchun shablonlar yaratayotganim haqida ham yozaman ✌️