Inhalt
Korporativ ishda jamoa bilan to'g'ri komunikatsiya qilish juda muhim. Ayniqsa siz uydan ishlasangiz jamoadoshlaringiz siz ayni vaqtda nima bilan band ekaningizdan xabardor bo'lishlari tushunmovchiliklarni oldini oladi. GovDash kompaniyasida biz komunikatsiya uchun Slack'dan foydalanamiz. Har bir department uchun alohida kanallar yaratilgan. Misol uchun Engineering, Marketing, Design va h.k. Men agar bugun biror sabab tufayli ishlay olmasam slack'da status qo'yishim kifoya. Boshqalar birdan bilishadi men bugun offline ekanimni. Task trackingda Lineardan foydalanamiz, haligacham yaxshi o'rganib ololmadim bu dasturni mohiyatini 😅️️️️️️ DataGaze'da ClickUp'dan foydalanamiz va bu nisbatan ancha sodda va tushunishga oson. Ha aytgancha, Twitterda ko'rib qoldim, Linear kompaniyasining asoschisi oldin dizayner bo'lgan ekan 😄