Inhalt
Digital sohada karyera boshlaganimga deyarli 7 yil bo'ldi. Freelancerlik, kompaniyada hodim sifatida ishlash va digital produktlar savdosi bilan shug'ullandim va shu vaqt ichida men har doim o'zim uchun ideyal ilovaga muhtoj bo'ldim. Topshiriqilarni yozib borish & kuzatish, zametkalarni qayd qilish, shaxsiy rutinani to'g'ri boshqarish, finans va sog'lik - bularni hammasini bir joyda amalga oshira oladigan ilovaga. Notion, Trello va bir qancha mobil ilovalar bor ammo ularning hech biri men uchun ideyal bo'lmadi. Men ulardan yillar davomida foydalandim, mening hamkasblarim ham foydalanishmoqda. Ularda men uchun ma'qul bo'lmagan narsa bu murakkablik va ularning haddan ziyod yaxshiligi. Misol uchun Notionda men yuqorida aytganlarimning barchasini qilish mumkin va undan ortig'ini ham, lekin notion juda ham kompleks va men qachonki ilovani ochganimda men kerakligidan ko'p narsalarni ko'raman va bu meni chalg'itadi. Shuning uchun men o'zim istagan ilovani qurishni boshladim. Bu dastlab (balki faqatgina) IOS ilova bo'ladi va unda quyidagi core features ko'rasiz: - Time Blocking Technique based Task Manager - Simple To Do List - Pomodoro Timer - Water Tracker - Steps Counter - Notes - Canvas (Drawing & Free Form) - Budget Tracker - Wishlist - Bookmark (Read & Watch Later) - Journal Bir qarashda juda ko'p funksional, va "Buni boshqalardan nima farqi bor?" degan savol keladi. Yagona farq shuki - Sizning "Second Brain" yagona ilovada va bu private (ilovada kollabratsiya bo'lmaydi). Keyinroq jarayonni qanday boshlayotganim haqida ham yozaman ✌️