TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Less is More
Less is More avatar

TGINSIGHT POST

Post #11

@lessismore_20

Less is More

Ansichten310Anzahl der Ansichten
Gepostet26. Okt.26.10.2020, 11:05
Beitragsinhalt

Inhalt

✋🏻 Assalomu alaykum! Less is more - bu yosh dizaynerlar rivojlanishi uchun ochilgan kanal. Dizayn - insonlar uchun go‘zallik, qulaylik umuman olganda yoqimlilik baxsh etuvchi san'at. Inson tabiatan go‘zallikka intilgani sabab bu soha uzoq o'tmishdan doimiy rivojlanib kelgan. E'tibor beradigan bo‘lsak internet tarmoqlarida, ko‘cha-ko‘yda bannerlarda, atrofimizdagi dizaynlarda ko‘plab vizual yoqimsizlik, ranglar nomutanosibligi, nisbatlar buzilishi umuman olganda qo‘pol dizayn xatolariga ko'zimiz tushadi. Ichim tirnaladi. Va, eng yomoni odamlar shu tasvirlarni ko‘rishga majbur. Mutahasislar kamligi, talab yuqoriligi ortidan sifatsiz dizaynlar ko‘payib ketgan. Shunday dizaynlarni to‘g‘rilash, yoki taklif berish maqsadida ushbu loyihani yo‘lga qo'ymoqchimiz. Bu yosh dizaynerlarimiz uchun ham mahorat darsi bo‘ladi. Sizlar ham bizga dizaynlashtirishga muhtoj san'at asarlarini jo‘natishingiz mumkin. Ularning ham ustida ishlab ko‘ramiz. Instagram | Telegram