Inhalt
#respect 🖐🏻Assalomu alaykum! Kecha yurtimizdagi kuchli grafik dizayner va yaxshi ustoz Jahongir G‘ulomov bilan ko‘rishdim. Bu grafik dizayn sohasiga ilk qadam tashlayotganimda men uchun bir orzu edi. Ko‘rishish nasib etganidan judayam xursandman! Jahongir akani juda ham qattiq hurmat qilaman va ustoz deb bilaman. Sababi grafik dizayn sohasini o‘rganayotgan vaqtimda bergan har bir savollarimga vaqt ajratib javob berishlari va bloglari orqali foydali ma'lumotlar berib borishlari bu sohada tezroq rivojlanishimga sabab bo‘ldi. Bu hamma yaxshi grafik dizaynerlarning ham qo‘lidan kelmaydigan ish. Mahalliy bozorda yosh grafik dizaynerlarning o‘sishlari uchun ham qilayotgan mehnatlari ustoz deb bilishga arziydi. Taniqli grafik dizaynerlar bilan jonli suhbat qurish uchun sizdan nimalar talab qilinadi deb o‘ylaysiz? Instagram | Telegram